Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Farg'ona viloyati hokimi bo'lishga yaqin

Narzulla Saydullayev
25 sen 2020
Farg'ona viloyati hokimi Shuhrat G'aniev Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari etib tayinlanadi.

Bugun Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Farg'ona viloyati hokimi rahbari etib tayinlanishi kutilmoqda.

Xayrulla Bozorov o'rniga Namangan viloyatiga Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasi raisi Shavkat Abdurazzoqov hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Abdurazzoqov 2020 yilning martiga qadar Namangan shahar hokimi sifatida ishlab kelgan va shu oydan Ekologiya qo'mitasiga o'tkazilgandi.

Ma'lumot uchun, Xayrulla Bozorov "Navbahor" klubi prezidenti hisoblanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: