Namanagan futbol associaciyasi prezidenti taqdirlandi

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev Namangan viloyati hokimi, futbol associaciyasi prezidenti Xayrulla Bozorovga “Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi” ko'krak nishonini topshirdi.

Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Xayrullo Hayitbaevich Bozorov mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda keng ommalashtirish, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish borasidagi salmoqli hissalari uchun mamlakatimizda joriy etilgan “Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlangandi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev 12 sentyabr kuni Namangan shahrida bo'lib o'tgan Namangan viloyat   1-sonli futbol mahorat maktabining yangi binosini foydalanishga topshirish marosimida ushbu mukofotni Xayrullo Bozorovga tantanali ravishda topshirib, viloyatimiz rahbariga yosh avlodni sportga yo'naltirish, sport ravnaqiga beg'araz ko'magi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Biz ushbu mukofot bilan Xayrullo Bozorovni tabriklab, viloyatimiz sporti, shu jumladan, futbolni rivojlantirish ishlarida omad yor bo'lishini tilaymiz.



Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати.