Nagelsmann "Kyoln"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2021
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Kyoln"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Barchasi yaxshi. Bundesligada uzoq vaqt o'ynamagan futbolchilar o'yin ritmiga tushib keta olmayapti. Yaxshi vaziyatlar yaratdik, gollar urdik. Uchta bir xil gol qo'yib yubordik, raqiblar osongina gol urib ketishdi.

"Bavariya"ning tarkibini inobatga olsak, o'yin yomon emas. Uch-to'rt nafar yosh futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishdi. Mag'lubiyatning qo'rqinchli joyi yo'q. Ular Bundesliga o'yinlarida qatnashishmagan. "Kyoln" esa optimal tarkibi bilan o'ynadi", - dedi mutaxassis.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal