"Kyoln" U-19 o'yinida 50 ming muxlis! UEFA Yoshlar Ligasida hayratlanarli rekord

Sherzod Nurmatov
5 fev 2026
Germaniyaliklar 1/16 finalda "Kyoln" U-19 - "Inter" U-19 o'yinida to'liq anshlag hosil qilishdi.

"Kyoln" favoritga munosib qarshilik ko'rsatdi, ammo 90+7 va 90+9-daqiqalarda gol o'tkazib, 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Shunga qaramay, jamoa bunday qo'llab-quvvatlashni umrbod eslab qoladi.

U-19 jamoa o'yinida 50 000 muxlis! Yoshlar Chempionlar Ligasi tarixida bunday holat hech qachon ro'y bermagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bundesliga.com