Nagelsmann: "Agarda "Bavariya" YCHLni qo'lga kiritsa, qur'a omadli kelgan deb bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
17 mar 2023
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann YCHL 1/4 finalida "Manchester Siti" raqi bo'lgani haqida gapirdi.

"Qur'ani murabbiylar shtabi bilan birgalikda tomosha qildik. Yaxshi va qiyin raqib. Agarda YCHL sovrinini qo'lga kiritadigan bo'lsak, bizga qur'a omadli tushgan deb bo'lmaydi.

Qiyin guruhdan chiqdik. Keyin PSJ bilan bahslar, endi esa "Siti". Balki yarim final ham top-darajada bo'lar. O'tgan mavsumda "Real" shu kabi og'ir yo'lni bosib o'tdi. Biz ham o'yinga yaxshi tayyorlanamiz va sabrsizlik bilan kutamiz.

Pep Gvardiolaning "Barselona", "Bavariya" va "Manchester Siti"dagi ko'plab o'yinlarini tomosha qilganman. Pepning jamoalari anchagina quvnoq. Uning g'oyalari ancha tajovuzkor va jamoalari to'p bilan ko'p bo'ladi. Uning jamoalari o'yinlarini bajonidil tomosha qilaman.

Erling Xoland - vaziyatlarni hal qiluvchi xavfli futbolchi. Tezlik va jismoniy jihatdan uning sifatlari yuqori. U tez yuguradi va unga qarshi o'ynash yoqimli emas. Biroq bizda ham yaxshi hujumchilar bor. O'z navbatida "Siti"ning tarkibi ham juda kuchli", - dedi Nagelsmann.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcbayern.com