"Myunxen-1860" muxlislarni yangi bosh murabbiy bilan tushlikka taklif etdi

Aslanov Jasurbek
19 dek 2016, 02:10
Portugaliyalik mutaxassis Vitor Pereyra "Myunxen-1860" yangi bosh murabbiyiga aylandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 48 yoshli murabbiyi va klub o'rtasidagi bitim 2017 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi va 2018 yilning 30 iyunida yakuniga etadi.

"Myunxen-1860" o'zining barcha muxlislarini dushanba kuni yangi bosh murabbiy bilan bo'lib o'tadigan tushlikka taklif qildi. Tadbirda klub akcioneri Hasan Ismail va prezidenti Peter Kassalete ham ishtirok etadi. Tushlik mutaxassis OAVga tanishtirilganidan so'ng Myunxendagi restoranlarning birida bo'ladi.

"Myunxen-1860" 17-turdan so'ng 16 ochko bilan ikkinchi Bundesligada 14-o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com