MYUning sobiq futbolchisi jamoaning ushbu mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi
Mirjalol Normatov
5 may 2019
1973-1984 yillar davomida "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan Lu Makari jamoaning ushbu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi haqida gapirdi.
"Men uchun Lyuk Shou mavsumdagi eng yaxshi futbolchi. Ketma-ket daxshatli jarohatlar olib ham buyuk klubning muhim qismi bo'lish hammaga ham emas. Shunday futbolchi "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilayotganidan xursandman", - dedi Makari.