MYUning qimmatbaho futbolchisi Turkiyaga ijaraga ketishi mumkin

Khoja
5 sen 2024
Joriy mavsum MYUning zaxira futbolchisiga aylanib qolgan Antoni faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Braziliyalik futbolchiga "Fenerbaxche" qiziqish bildirmoqda. Turkiya klubi hujumkor futbolchini bir yilga ijaraga olishni maqsad qilgan. 

Eslatib o'tamiz, Turkiyada transfer oynasi 13 sentyabrga qadar davom etadi.

Ma'lumot uchun, MYU Antoni uchun 2022 yilda 85 million funt to'lagandi. Futbolchi joriy mavsum APLda atigi 1 daqiqa harakat qildi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com