MYUning "Bavariya" futbolchisiga bo'lgan qiziqishi oshib ketdi

Mirjalol Normatov
26 okt 2024
"Manchester Yunayted" Alfonso Devisga bo'lgan qiziqishlarini yo'qotmagan.

Jurnalist Florian Plettenbergning ma'lumotlariga ko'ra, MYU endi konkret reja asosida ishlamoqchi. So'nggi vaqtlar davomida mankunianliklar "Bavariya" futbolchisi vakillariga bir qancha norasmiy so'rovlar yuborgan.

Eslatib o'tamiz, Devis yozda "Bavariya"ni erkin agent sifatida tark etishi kutilmoqda. U ushbu mavsumda Bundesligada 6 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal