Myuller faoliyatidagi 27-sovrinni qo'lga kiritdi va Shvaynshtaygerni ortda qoldirdi

Omonjon To`xtamirzayev
1 okt 2020
"Bavariya" forvardi Tomas Myuller Germaniya Superkubogi uchun bahsda Dortmundning "Borussiya"si darvozasiga gol urishga muvaffaq bo'ldi (3:2) va jamoasi g'alabasiga munosib hissa qo'shdi.

31 yoshli futbolchi faoliyatidagi 27-trofeyni qo'lga kiritdi va tarixdagi eng ko'p sovrin yutgan germaniyalikka aylandi. Bu borada u myunxenliklarning sobiq yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtaygerni ortda qoldirdi (26).

Myuller kollekciyasida endi 9 bor Bundesliga chempioni, 6 martadan mamlakat Kubok va Superkubogi, ikki martadan YCHL va UEFA Superkubogi bor. Shuningdek, Tomas 1 martadan terma jamoalar o'rtasida va klublar o'rtasidagi JCHda zafar quchgan.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia