MYUda sport direktorligi uchun yana bir nomzod paydo bo'ldi

Mirjalol Normatov
21 apr 2019, 15:29
"Manchester Yunayted"da bosh murabbiy yordamchisi Mayk Felan klub sport direktori sifatida ish boshlashi mumkin.

"Mirror" xabariga ko'ra, ayni damda unga Avstraliyaning "Sentral Kost Mariners" ham aynan ushbu roldagi ishni topshirish niyatida bo'lib turibdi. "Manchester Yunayted" hozirda sport direktori vakanciyasi bo'sh va ular bu joyga munosib mutaxassis qidirmoqda.

56 yoshli mutaxassis Maykl Kerrik va Keran Makkennadan farqli ravishda jamoa bilan shartnomasini uzaytirmadi va shu boisdan jamoadan kyetishni o'ylamoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror