MYUda mavsumning eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi

Alisher Ostonov
16 may 2025
"Manchester Yunayted" klubi matbuot xizmati mavsumning eng yaxshi futbolchisiga ovoz berish natijalarini e'lon qildi.

Brunu Fernandesh unda g'olib chiqdi.

Portugaliyalik ovoz berishda Amad Diallo va himoyachi Xarri Maguayrni ortda qoldirdi. Jamoa sardori joriy mavsumda 19 ta gol va 19 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fernandesh faoliyati davomida to'rtinchi marta mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Avvalroq, yarim himoyachiga Saudiya Arabistonidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: manutd.com