MYUda hatto burama mix, skotch va konvertlarni tejash boshlandi

Sherzod Nurmatov
21 fev 2025
"Manchester Yunayted" futbol klubi yangi xo'jayin Jim Retkliff boshchiligidagi rahbariyat tomonidan iqtisodiy choralar ko'rilmoqda.

Klubning texnik taminoti, jumladan, "Old Trafford" stadioni, Karringtondagi mashg'ulot maydoni va boshqa obektlarga mas'ul bo'lgan bo'lim xarajatlari ustidan qattiq nazorat o'rnatilgan.

Ortiqcha buyurtma bermaslik uchun burama mix qutilarini sanab chiqish vazifasi topshirilgan. Baza xodimi kancelyariya tovarlariga buyurtma berayotganida skotch keraksiz deb hisoblanib, ro'yxatdan o'chirib tashlangan.

Xarajatlarning kamayishi klub faoliyatining barcha sohalariga ta’sir qildi. Xodimlar stadion oshxonasida porciya hajmi va taomlar xilma-xilligi qisqargani, shuningdek, tashrif buyuruvchilarning qo'shimcha so'rovlarini qondirishda oshpazlarning ehtiyotkorligi kuchayganini qayd etdi. Karrington bazasi uchun sabzavot sotib olish rahbariyat roziligi bilan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, haftaning eng yaxshi xodimlari ("hafta styuardi") uchun ananaviy 50 funt sterling miqdoridagi pul mukofoti bekor qilingan, uning o'rniga faqat ramziy sertifikat berilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph