MYU “Yuventus” futbolchisi bilan kelishuvga erishdi. De Yongning transferi esa ...

Eldor Akmurzayev
14 avg 2022
“Yuventus” xavbeki Adrien Rabo faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishga yaqin.

“Qizil iblislar” 27 yoshli futbolchi bilan shartnoma borasida, uning agenti bo'lgan onasi bilan esa tovon puli masalasida kelishuvga erishdi. “Qizil iblislar” Fransiya TJ a'zosini 15+5 mln evroga sotib oladi.

Manchesterliklar “Barselona”dan Frenki de Yongni xarid qilmaydigan bo'ldi. “Yuve” esa Rabo ketgan taqdirda, uning o'rniga PSJ xavbeki Leandro Peredesni olib keladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: GIFN