MYU yozda himoya chizig'ini tubdan isloh qilmoqchi

Khoja
19 yanv 2024
Yozgi transfer oynasida “Manchester Yunayted” himoya chizig'ini tubdan o'zgartirmoqchi.

 ESPN ma'lum qilishicha, manchesterliklar Jonni Evans, Xarri Maguayr, Viktor Lindelefdan qutilishmoqchi. Ularning o'rniga Matteys de Ligt, Jan Kler Todibo va Jarred Brantueyt bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan.

Shuningdek, Rafael Varanning kelajagi haqida so'roq ostida ekanligini ham ta'kidlab ketilgan.


KhojaMuallif
Manba: ESPN