MYU yil boshida sotib yuborgan futbolchisini 20 mln. evroga qaytarib oladi

Aslanov Jasurbek
14 okt 2024
"Manchester Yunayted" Alvaro Fernandes Karrerasni sotib olishi mumkin.

Joriy yil boshida "Benfika" 21 yoshli ispaniyalik himoyachini mankunianlardan 6 mln. evroga xarid qilgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" futbolchining shartnomasidagi banddan foydalanib, uni klubga qaytarishi mumkin.

"Benfika" va himoyachi o'rtasidagi bitim 2029 yilda yauniga etadi. Transfer 20 mln. evroga amalga oshishi mumkin.

Alvaro Fernandes Karreras joriy mavsum Portugaliya chempionatining 7ta bahsida maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Record