MYU yanvar oyi so'nggiga qadar hech kim bilan shartnoma imzolamaydi

Alisher
27 yanv 2021
"Manchester Yunayted" qishki transferlar oynasida yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolamaydi.

Bu haqda "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher aytdi. Mutaxassis uni hozirgi tarkib to'liq qoniqtirishini aytdi.

Shunday ekan jamoaning qishdagi yagona xaridi vinger Amad Diallo bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, MYUni himoyachi Timoti Fosu-Mensa va forvard Odion Igalo tark etdi. Oy so'nggiga qadar yana 2 o'yinchi klubdan ketishi mumkin.


AlisherMuallif
Manba: Goal