

Ilk bahsda Ole Gunnar Sulsher jamoasi tarkibida Pol Pogba va Brunu Fernandesh birgalikda harakat qilishdi hamda o'yin MYUning 1:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi. Qayd etilishicha, Fernandesh penaltini aniq amalga oshira olmagan.
2-bellashuvda esa manchesterliklar Andreas Pereyraning dubli va Tait Chongning goli evaziga raqiblarini 3:1 hisobida taslim etishdi. Shuningdek, yanvar oyindan buyon ilk marta maydonda Markus Reshford ko'rinish bergan.







