MYU va "Yuventus"ga "Bolonya"ni CHLga olib chiqayotgan murabbiy kerak

Aslanov Jasurbek
6 apr 2024
"Manchester Yunayted" va "Yuventus" "Bolonya" ustoziga qiziqish bildirmoqda.

"Barselona". "Inter", PSJ va Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Tiago Motta 2022 yildan beri "Bolonya"da ishlab kelmoqda. Joriy mavsum klub A Seriya to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

"Yuventus" iste'fosi kutilayotgan Massimiliano Allegri o'rniga Mottani olib kelmoqchi.

MYU ham Tiago nomzodini ko'rib chiqmoqda, chunki Erik ten Xag bilan hamkorlik to'xtatilishi mumkin.

Agar jamoa CHLga chiqsa, "Bolonya" murabbiy bilan 30 iyunda yakunlanadigan kelishuvni uzaytirishni reja qilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport