MYU va "Tottenxem" o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2018
"Tottenxem" himoyachisi Tobi Alderveyreld yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted"ga o'tmasligi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi. "Tottenxem" "Manchester Yunayted"dan futbolchi uchun 62,5 mln. evro talab qilmoqda, biroq mankunianlar bunday mablag'ni to'lashga tayyor emas.

Agar "Manchester Yunayted" kelishuvga Antoni Marsyalni qo'shishga rozi bo'lsa, muzokaralar davom etishi mumkin. Oldinroq, "qizil iblislar" fransiyalik forvard bilan xayrlashishga tayyorligi, biroq uni chet el klubiga sotishi e'lon qilingan edi.

Alderveyreld va "Tottenxem" o'rtasidagi bitim 2020 yilda yakuniga etadi, biroq 2019 yilning yozida futbolchining 28 mln. evrolik tovon puli bandi kuchga kiradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Evening Standart