MYU va “Stok Siti” sobiq himoyachisi 34 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

Eldor Akmurzayev
12 yanv 2022
“Inter Mayami” a'zosi Rayan Shoukross futbolchilik faoliyatini yakunlashini e'lon qildi.

U klub bilan shartnomasini bekor qilganini aytdi.

Shoukross faoliyatini MYUdan boshlagan. U “qizil iblislar” tarkibida Angliya Liga Kubogida 2 ta o'yin o'tkazgan, Angliya TJda esa bitta uchrashuvda (2012 yil, Shvetsiyaga qarshi) maydonga tushgandi. Faoliyatining asosiy qismini 34 yoshli o'yinchi “Stok Siti”da o'tkazgan.

Shoukross 2021 yil fevral oyida “Inter Mayami” futbolchisiga aylandi va 12 o'yinda qatnashdi. Avgustda esa u belidan jarohat olgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: footboom.com