MYU va "Man Siti" "Bavariya" futbolchi bilan bog'landi

Alisher Ostonov
4 okt 2025
Aleksandr Pavlovich Manchesterning ikki klubi nazariga tushdi.

"Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari "Bavariya" yarim himoyachisining vakillari bilan bog'landi, deb yozadi Bild Daily Mail’ga tayanib. Pep Gvardiola Germaniya terma jamoasi futbolchisini Ruben Amorimdan ko'ra kuchliroq o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda.

Shuningdek, Pavlovichga "Yuventus" va PSJ klublari ham qiziqish bildirmoqda.

21 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesligada 4ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Daily Mail