MYU va "Atletiko" "Ayntraxt" forvardi Andre Silvaga qiziqmoqda

Alisher
17 fev 2021, 16:50
"Ayntraxt" hujumchisi Andre Silva Yevropaning top-klublari e'tiborini tortmoqda.

25 yoshli o'yinchiga "Atletiko" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.

Ispan klubi portugaliyalik futbolchini qishki transfer oynasidan beri kuzatib keladi. Manchesterliklar ham yozda yangi forvard bilan shartnoma imzolashmoqchi, shu sabab Silva short-listda. Hozir MYU "Milan" sobiq hujumchisini faol tarzda kuzatmoqda.

Silva Bundesligadagi ikki mavsumda 45ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Germany