MYU tovon puli 60 mln evro bo'lgan ispaniyalik xavbekka qiziqmoqda

Alisher
20 iyul 2024
Martin Subimendiga "Manchester Yunayted" qiziqmoqda.

Mankunianlar yarim himoyachi bilan kuchayishmoqchi va "Real Sosedad" xavbekiga qiziqishmoqda. Shu bilan birga, Manuel Ugarte (PSJ)ning transfer ehtimoli katta.

Bungacha "Arsenal" Subimendini kuzatgan, ammo futbolchining o'zi London klubiga o'tishni xohlamagandi.

Martin o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Manchester Evening News