

Mankunianliklar APLning 7-turidan o'rin olgan "Sanderlend"ga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchrasa, portugaliyalik murabbiyni iste'foga chiqarishi mumkin.
The Telegraph xabariga ko'ra, bosh murabbiy ushbu o'yin oldidan jiddiy bosim ostida qolmoqda va yana bir mag'lubiyat klub rahbariyatining ishonchiga putur etkazishi mumkin.
Ayni vaqtda "Manchester Yunayted" Angliya chempionati turnir jadvalida 6 o'yindan keyin 7 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda.
"Manchester Yunayted" bugun "Sanderlend"ni qabul qiladi.



