MYU Reshfordni sotishga tayyor. Klub o'z tarbiyalanuvchisini qanchaga baholamoqda?

Sherzod Nurmatov
6 may 2025
"Manchester Yunayted" vinger Markus Reshfordni sotishga tayyor, deb xabar berdi "Sky Sports".

MYU futbolchisini 35 mln evroga baholamoqda.

"Barselona" futbolchiga asosiy davogarlardan biri sanaladi. Kataloniyaliklar allaqachon futbolchining agenti bilan muzokara olib borgan. Angliyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" tarkibini to'ldirishga rozi bo'lgan.

Reshford joriy mavsumning ikkinchi yarmida "Aston Villa"da ijarada o'ynadi. "Sherlar" mankunianliklar bilan futbolchini sotib olish borasida muzokara olib borishni rejalashtirmayapti.

27 yoshli vinger ushbu mavsum barcha turnirlarda 41 o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq Reshford uchun mavsum nihosiga etgani ma'lum qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports