MYU rahbariyati jamoaning sobiq futbolchisini qaytarishni muhokama qilmoqda

Mirjalol Normatov
22 yanv 2026
MYU rahbariyatida Meyson Grinvudni ortga qaytarish borasida muhokamalar bo'lgan.

Bu haqda Pit O’Rurk xabar berdi.

Mankunianliklarda 2024 yil yozida "Marsel"ga sotilgan futbolchisini qayta sotib olish imkoniyati bor.

Eslatib o'tamiz, Xarriet Robson (Grinvudning qiz do'sti) 2022 yil yanvarida "Manchester Yunayted"da o'ynab yurgan vaqtlarida Grinvudni zo'ravonlikda ayblagan. Shu boisdan Meyson hibsga olingan va keyinchalik garov evaziga qo'yib yuborilgan. Avgust oyida klub Grinvudning jamoadan ketishinini ma'lum qilgandi.

Yakunda Meysondan barcha ayblovlar olib tashlandi. Grinvud va Robsonning farzandlari tug'ildi.

24 yoshli Grinvud ushbu mavsumda 17 o'yinda 12 gol va 3 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/SportsPeteO