MYU qiziqish bildirgan "Portu" darvozaboni klub bilan shartnomasini uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
4 noya 2022
"Portu" posboni Diogu Koshta klub bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Jamoa matbuot xizmati xabariga ko'ra, shartnoma 2027 yilgacha mo'ljallangan.

23 yoshli darvozabon "Portu" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Koshta joriy mavsum barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol o'tkazib yubordi va 8 ta uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.

"Portu" 11 turdan keyin 23 ochko bilan Portugaliya chempionatida uchinchi o'rinda bormoqda.

Avvalroq posbon YCHLda rekord qo'ygan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcporto.pt