MYU - PSJ. Ibragimovich kimga muxlislik qilishini aytdi

Mirjalol Normatov
12 fev 2019
"Manchester Yunayted" va PSJ kabi jamoalarning sobiq futbolchisi Zlatan Ibragimovich ushbu klublarning o'yinidan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"PSJ hozirda ajoyib holatda bo'lgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynaydi. Balki "Yunayted" g'alabaga erishar.

Agarda o'tgan oyda mendan bu jamoalarning favoritini so'rashganida PSJ derdim. Ammo hozirda bu savolga javob berish qiyin.

Biroq PSJning imkoniyati yuqoriroq. Ammo nima bo'lgan taqdirda ham men o'zimga muxlisman. Bugun kim yutqazsa ham men g'olib bo'lib qolaman. Kim yutqazsa ham mening jamoam keyingi bosqichga chiqadi", - dedi Ibragimovich.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports