MYU Lindelofga qancha maosh taklif qilayotgani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
13 sen 2019
"Manchester Yunayted" rahbariyati himoyachi Viktor Lindelofga yangi shartnoma borasida ajoyib taklif qo'ydi.

"The Sun" xabariga ko'ra, mankunianliklar futbolchi uchun haftasiga 150 ming funt maosh to'lashga tayyor turishibdi. Bu uning hozirgi maoshidan ikki baravarga ko'p degani.

Qayd etilishicha, u bilan shartnomaning uzaytirilishini Ole-Gunnar Sulsher istamoqda. U Xarri Maguayr bilan ideal sherik bo'la oladi.

Ma'lumot uchun, shvetsiyalikning MYU bilan shartnomasi 2022 yilda yakunlanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun