MYU "Lester"ga qarshi o'yin uchun samolyotda uchdi: masofa - 170 km, yo'l vaqti - 10 minut. Klub ekologiyaga zarar etkazishga moyillikda ayblanmoqda

Alisher
17 okt 2021
"Manchester Yunayted" futbolchilari APL 8-tur doirasidagi "Lester" (2:4)ga qarshi o'yin uchun samolyotda yo'l olishdi.

Manchester va Lester o'rtasidagi trassa masofasi 170 kilometr atrofida. Jamoa yo'lda o'tkazgan vaqti taxminan 10 daqiqani tashkil etdi.

MYU bunday qaror uchun tanqid qilinmoqda, sababi samolyotlar katta miqdorda chiqindi chiqaradi. Klub esa bu MYUga bog'liq bo'lmagan holda qabul qilinganini ta'kidladi. M6 trassasida tirbandlik bo'lishi kutilgan.

Qayd qilinishicha, "Yunayted" aks holda poezd yoki avtobus orqali borgan bo'lardi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail