MYU "Lacio"ga Milinkovich-Savich uchun 42 mln funt taklif qiladi. Rimliklar 60 mln xohlashmoqda

Alisher
30 iyul 2022
"Manchester Yunayted" "Lacio"ga Sergey Milinkovich-Savich borasida taklif beradi.

Angliya klubi rimliklarga 27 yoshli yarim himoyachining transferi bo'yicha 42 mln funtlik taklif beradi. 

Italiya klubi katta ehtimol bilan ushbu taklifni qabul qilmaydi, sababi ular xavbekni 60 mln atrofidagi mablag'ga sotishmoqchi.

Milinkovich-Savichning "Lacio" bilan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail