

Futbolchilar maydonga motam bog'ichlarida tushadi va o'yindan oldin bir daqiqalik sukut e'lon qilinadi.
Shuningdek, bugun "Old Trafford"da Myunxen aeroportidagi fojia vaqtida halok bo'lgan yoki jarohatlangan futbolchilar va klub xodimlarining oila a'zolari bo'ladi.
Stadiondagi bayroqlar pastga tushiriladi va jamoalar maydonga chiqib kelayotganda "The Flowers of Manchester" qo'shig'i yangraydi. Tribunadagi muxlislar "Basbi bolalari" va "We’ll never die" ("Biz hech qachon o'lmaymiz") iborasi aks etgan ananaviy bannerni ochib qo'yadi.
Eslatib o'tamiz, Myunxendagi aviahalokat 1958 yil 6 fevralda ro'y bergan. Unda 23 kishi vafot etib, 19 kishi jabrlangan.



