MYU klubning 25% akciyasi milliarder Jim Retkliff tomonidan xarid qilinganini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
24 dek 2023
Jim Retkliff "Manchester Yunayted" akcioneriga aylandi.

Klub 25% akciyaning britaniyalik milliarderga sotuvi bo'yicha kelishuvga erishilganini e'lon qildi. Bitim 1,25 mlrd funtga baholanmoqda.

Xabar qilinishicha, bitim rasman yopilishidan oldin Premer-liga bilan kelishuv oltidan etti haftagacha cho'ziladi.

Retkliffga tegishli Ineos kompaniyasi "Yunayted"ning futboldagi operaciyalariga javob beradi. Klubga 300 mln dollar sarmoya kiritish haqida gap bormoqda: 200 mln bitim yopilishi bilan to'lanadi, yana 100 mln esa 2024 yilning oxirigacha.

Jim Retkliff – Ineos kimyo kompaniyasining rahbari. Uning boyligi 29,6 mlrd funtga baholanadi, u Buyuk Britaniyadagi eng boy insonlar ro'yxatida ikkinchi o'rinni egallaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manutd.com