MYU Jeksonning agenti bilan muzokara o'tkazdi

Administrator
20 iyul 2025
Manchester klubi transfer uchun etarli summani to'lashi lozim bo'ladi.

"Manchester Yunayted" Nikolas Jeksonning vakili bilan aloqaga chiqdi. Jurnalist Nizaar Kinsellaning xabar berishicha, klub "Chelsi" hujumchisining agenti Ali Barat bilan ehtimoliy o'tish masalasida muzokaralar o'tkazgan. Muzokaralar ijobiy yakunlansa, navbat klub bilan kelishishga qoladi. Transfer ma'lum sharoitlarda yuzaga kelishi mumkin, biroq MYU moliyaviy jihatdan ko'p ishlarni amalga oshirishi lozim.

Takidlanishicha, "Chelsi" yo'qotishlarning o'rnini to'ldirish maqsadida Alexandro Garnachoga qiziqish bildirmoqda.


AdministratorMuallif
Manba: https://x.com/NizaarKinsella