MYU hujumchisini "Napoli"ga qo'yib yuborishga tayyor

Sherzod Nurmatov
22 avg 2025
"Manchester Yunayted" rahbariyati daniyalik hujumchi Rasmus Xoylund bilan xayrlashishga rozi.

Bu haqda Fabricio Romano xabar berdi.

Manchester klubi 22 yoshli daniyalikni Neapol klubiga sotib olish huquqi bilan ijaraga beradi. Daniyalikning o'zi ilgari A Seriyada – "Atalanta"da o'ynagan.

Eslatib o'tamiz, Xoylund o'tgan mavsum "qizil iblislar" libosida 32 o'yinda 4 marta darvozani ishg'ol qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano