MYU hujumchisi uzoq muddatga safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
25 yanv 2024
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal mushaklaridan olgan jarohati sababli operaciya qilindi.

Insayder Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, futbolchining tiklanishi uchun 10 hafta kerak bo'ladi. Shu orqali Marsyal endi aprel oyida maydonga qaytadi.

OAVning ma'lum qilishicha, mankunianliklar francuz bilan shartnomani uzaytirmaslikni maqul ko'rgan. Shu bois Antoni mavsum yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida jamoadan ketadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano