

Italiyalik jurnalist Fabricio Romanoning bergan ma'lumotiga ko'ra, ayni damda "Milan" va "Roma" futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirgan, biroq faqatgina milanliklar MYU bilan muzokaralar olib borgan. Shuningdek, Dalotga asosiy tarkib vada qilingan.
O'z navbatida "Calciomercato" jurnalisti hujumkor himoyachining "Milan"ga o'tish ishlari yakunlanib qolganini tasdiqladi.
21 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda MYU tarkibida APLning 4 o'yinida qatnashdi.



