MYU futbolchisi Milan aeroportida ko'rinish berdi

Mirjalol Normatov
17 yanv 2020
"Manchester Yunayted" himoyachisi Eshli Yang faoliyatini "Inter"da davom ettiradi.

Jurnalist Janluka di Marcioning xabariga ko'ra, futbolchi "Inter" tarkibida ko'rikdan o'tish uchun Milan shahriga yetib borgan.

Transfer 1,5 million evroga narxlanadi. 2021 yilga qadar kelishuvga erishgan Yang "Inter"da 6 million evro maosh oladi.

Ushbu transferni "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ham tasdiqladi.

"Yang yozda 35 yoshga to'ladi. Agarda unga 2 yillik shartnoma taklif qilishgan bo'lishsa, u buni qabul qilishi kerak edi. Biroq biz bunga tayyor emasdik. Yang klub uchun borini berdi. U sardor sifatida sovrinlar ham yutdi: chempionatlar, turli xil sovrinlar... Endi esa u 35 yoshida ham futbolni tashlamasdan boshqa sarguzashtlar izlab yo'lga chiqdi. Menimcha u ayni damdagi eng to'g'ri qarorni qabul qildi", - dedi Sulsher.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/gianlucadimarzio