MYU Federiko Valverdeni kuzatib bormoqda

Sherzod Nurmatov
17 fev 2021
"Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

The Sun xabariga ko'ra, mankunianlar 22 yoshli urugvaylik futbolchini anchadan buyon kuzatib kelishmoqda va yozda futbolchini xarid qilishga urinib ko'rishlari mumkin.

Qayd etilishicha, Valverdening shartnomasidagi tovon puli 450 million evroni tashkil qiladi. Biroq Transfermarkt futbolchini 70 millionga baholamoqda.

Valverde joriy mavsumda 20 o'yinda 3 ta gol urib, 1 ta goli pas uzatgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun