MYU eng qimmat futbolchisini sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
27 fev 2024
Futbolchi murabbiyning hafsalasini pir qildi.

"Manchester Yunayted" yozda vinger Antonini sotmoqchi, deya xabar berdi jurnalist Kris Uiller. Mankunianlar har qanday taklifga quloq solishadi.



Manbaga ko'ra, MYU bosh murabbiyi Erik ten Hag o'zining talabiga ko'ra olib kelingan futbolchi bilan hisoblashishni xohlamayapti. 24 yoshli vinger joriy mavsum barcha turnirlarda 26 ta o'yin o'tkazib, atigi 1 ta gol urdi.

Antoni MYUning hozirgi tarkibidagi eng qimmat futbolchi va klub tarixidagi ikkinchi eng qimmat transfer hisoblanadi. Mankunianlar "Ayaks" futbolchisini 2022 yilning yozida  95 mln evro evaziga sotib olishdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News