MYU de Yongni xarid qilishga urinishni rad etishga tayyor. Klub xavbekning "Barsa"da qolishiga ishonchi komil

Alisher
18 avg 2022
"Manchester Yunayted" xavbek Frenki de Yong bilan shartnoma imzolash fikridan qaytishga tayyor.

Manchesterliklar muzokaralar davomida muvaffaqiyatga erisha olishmadi va endilikda futbolchining "Barselona"da qolishiga ishonchlari komil.

Shunga qaramasdan, ular yozgi transfer oynasi so'nggiga qadar transfer imkoniyatini istisno etishmaydi – niderlandiyalik va uning hozirgi klubi o'rtasidagi munosabatlar yomonlashgan taqdirda.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport