MYU, "Chelsi" va "Arsenal" Disasi uchun kurashishadi. "Monako" futbolchisining dastlabki narxi – 40 mln evro

Administrator
22 iyun 2023
Himoyachining xizmatlariga APL grandlari qiziqmoqda.

"Monako" himoyachisi Aksel Disasi uchun MYU, "Chelsi" , "Arsenal" kurash olib borishadi. Hozirgi vaqtda ushbu kurashda MYU ustunlik qilmoqda. Erik ten Xag shaxsan o'zi futbolchini jamoaga olib kelish niyatida. Avvalroq, Disasi MYUga o'tishi borasida xabarlar tarqalgandi.

Disasiga "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda. Londonliklar Kulibali "Al Hilol"ga o'tgan taqdirda Disasi bilan shartnoma imzolashga harakat qilishadi. "Arsenal" ham himoyachini qo'lga kiritishga harakat qiladi.

Qayd etish joizki, ayni damda "Monako"ga biror klubdan rasmiy taklif kelmagan. Klub dastlab eng kamida 40 mln evrolik takliflarni ko'rib chiqadi.


AdministratorMuallif
Manba: RMC Sport