

Shu tariqa qizil iblislar kelasi mavsum YCHLga chiqish imkoniyatini butunlay yo'qotdi. Jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher uchrashuvdan so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
Hozirgi o'rnimiz adolatli deb hisoblayman. Mavsum davomida YCHL o'rinlariga kurashish uchun yaxshi harakat qila olmadik. Albatta, chempionlar ligasiga chiqish uchun bizda imkoniyatlar bor edi. Biroq, Yevropa ligasi hozir biz uchun eng maqul joy, – deya qayd etgan norvegiyalik mutaxassis.



