MYU bir harf yo'qligi tufayli Xeylund futbolkasini bir oy sotmadi

Aslanov Jasurbek
11 sen 2023
MYU familiyasi tufayli bir oydan ortiqroq vaqt mobaynida Rasmus Xeylund futbolkasini sotmadi.

Daniyalik 5 avgust kuni 75+10 mln. evro evaziga "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. Transfer sodir bo'lganiga bir oydan ko'proq vaqt o'tgan bo'lsada, mankunianlar do'koni haligacha futbolchining formasini sotmayapti.

Malumotlarga ko'ra, Xeylund (Højlund) familiyasini formaga yozish uchun haligacha do'konga "ø" harfi yetib kelmagan. Bunday vaziyat kamida 8 sentyabrgacha davom etdi.

"Manchester Yunayted"dagilarning aytishicha, shu kunlarda kerakli harf omborga yetib kelgan va tez orada futbolchining formasi sotuvga chiqadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail