MYU "Bavariya" futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi

Alisher
29 iyun 2024
"Manchester Yunayted" Matteys de Ligt bilan bog'landi.

Jurnalist Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, mankunianlar himoyachining vakillari bilan muzokaralarni boshlashdi. Ular so'nggi kunlarda Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni to'plashdi.

"Bavariya" yaxshi taklif tushsa, uni qo'yib yuborishga tayyor. O'yinchining o'zi ham Myunxen klubini tark etishga rozi va MYUga o'tishga qarshi emas.

Shu bilan birga, klublar hali bitim bo'yicha muzokaralarni boshlashmagan, hali aloqa o'rnatilmadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal