MYU Barselona futbolchisini dunyoning eng ko'p maosh oluvchi himoyachiga aylantirmoqchi

Khoja
31 mar 2025
Manchester Yunayted Barselonaning chap qanot himoyachisi Alexandro Baldega jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Inglizlar chap qanotdagi muammolarni aynan Alexandro Balde bilan yopishni istashmoqda.

Xabarlarga ko'ra, qizil iblislar himoyachiga yiliga 12 million evrodan ortiq maosh taklif qilmoqchi. Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, 21 yoshli futbolchi dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi himoyachiga aylanadi.

Biroq futbolchining o'zi Barselonani tark etish niyatida emas. Shuningdek, Barselona ham asosiy himoyachisi bilan xayrlashishni maqsad qilmagan.

Alexandro Balde Barselona akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi joriy mavsum 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol va 8 ta golli uzatma bor.



KhojaMuallif
Manba: soccer.ru