MYU - "Barselona", "Ayaks" - "Yuventus" bahslariga hakamlar tayinlandi

Aslanov Jasurbek
8 apr 2019
UEFA "Manchester Yunayted" - "Barselona" va "Ayaks" - "Yuventus" uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar ro'yxatini e'lon qildi.

"Manchester Yunayted" hamda "Barselona" o'rtasidagi bahsni Janluka Rokki boshchiligidagi italiyalik referilar boshqaradi. Unga qanotlarda Filippe Meli va Matteo Passeri yordam beradi. Zaxira hakami - Daniele Orsato. Videoyordamchilar - Massimiliano Irrati va Marko Gvida.

"Ayaks" - "Yuventus" uchrashuvida Karlos del Sorro va uning yordamchilari ishlaydi. Qanotlarda Xuan Yuste va Roberto Alonso yordam beradi. Zaxirada - Tasos Sidiropulos. Videoyordamchilar - Alexandro Ernandes va Xuan Martines.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia