MYU "Aston Villa" xavbeki Makginn bilan yozda shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
20 yanv 2022
"Manchester Yunayted" "Aston Villa" yarim himoyachisi Jon Makginning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Klub yozgi transfer oynasida o'yinchining transferi borasida shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. MYU texnik direktori Darren Fletcher uni yuqori baholamoqda.

Makginning "Aston Villa" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Birmingem klubining unga yangi kelishuv taklif qilishi kutilmoqda.

27 yoshli futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: telegraph.co.uk