MYU, "Arsenal" va "Nyukasl" Fransiya terma jamoasi vingeri Diabiga qiziqmoqda. "Bayer" 60 mln evro xohlamoqda

Alisher
18 mar 2022
"Bayer" chap qanot vingeri Mussa Diabiga uch ingliz klubi qiziqmoqda.

22 yoshli o'yinchiga "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda. Xavbekning "Bayer" bilan shartnomasida tovon puli yozilmagan. Nemis klubi Diabi uchun 60 mln evro xohlamoqda.

"Bayer" francuzga ehtimoliy o'rinbosar sifatida "Roma"dan Karles Peresni ko'rmoqda.

Fransiya terma jamoasi o'yinchisi joriy mavsum "Bayer" tarkibida barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 9ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/berger_pj